23:56 / 09.01.2021
6 316

Jizzaxda chiqariladigan avtomobillar modeli ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda chiqariladigan avtomobillar modeli ma’lum bo‘ldi
Foto: Jizzax hokimligi axborot xizmati
Jizzaxda Xitoyning yirik «DONG FENG» va «CHANGAN» avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda krossover «DONG FENG» va «New Star Truck» avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda deb yozadi "Xabar" nashri.

Jizzax shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, loyiha quvvati yiliga 27 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha 16,2 million dollarga baholangan bo‘lib, shundan 10,5 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 5,6 million dollar o‘z mablag‘lari tashkil etadi.

Loyiha Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi hamda zavodda 3 xil turdagi krossoverlar, 2 xil turdagi yengil yuk tashuvchi va mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda zavod hududida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jizzaxda chiqariladigan avtomobillar modeli ma’lum bo‘ldi