23:50 / 16.01.2021
5 002

Rossiyada plombalari olinmagan 26 yillik «Jiguli» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

Rossiyada plombalari olinmagan 26 yillik «Jiguli» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: «Auto.ru»
Tolyattida 1995 yilda ishlab chiqarilgan «VAZ-2106» 4 million rubl (54 ming dollar) qiymatida sotuvga qo‘yildi. Mashinaning bu qadar qimmatligi haydovchi eshigi va mashina kapotidan tashqari, barcha zavod plombalari saqlanib qolgani bilan izohlanmoqda, deb xabar beradi Motor.

E’lon qilingan suratlardan ko‘rish mumkinki, «VAZ-2106» ideal holatda saqlangan. Sotuvga qo‘yilgan 26 yillik avtomobil xuddi yangi nusxadek ko‘rinishda. Yon oynalari, uchta eshigi, shuningdek, yukxonasi va radiator panjarasidagi zavod plombasi haligacha olinmagan. O‘tgan davr mobaynida mashinaning faqat haydovchiga mo‘ljallangan eshigi va kapoti ochilgan xolos.

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»
Avtomobil egasining so‘zlariga ko‘ra, mashina saloni sotuvga tayyorlanmagan, konveyerda 12 kilometr yo‘l bosgan holda xarid qilingan. Saqlash joyigacha «Jiguli» avtovazda olib kelingan. Mashinaning motor bo‘lmasi ham ajoyib holatda. Chorak asr davomida «VAZ-2106» hisobga qo‘yilmagan va unga bir kishi egalik qilgan.

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»
Ayni vaqtda mashina egasi «vaqt kapsulasi»ni 4 million rublga sotishga tayyor. Bu pulga Rossiyada yangi BMW X3 xarid qilish mumkin.
Avvalroq Rossiyada 63 yillik «GAZ-12 ZIM» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada plombalari olinmagan 26 yillik «Jiguli» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yildi (foto)