Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi 25 yanvardan boshlab Chevrolet Tracker krossoveri o‘rnini egallaydigan yangi avlod Tracker’ini taqdim etdi.
Yangilangan Trecker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo‘lgan audiotizim bilan jihozlangan. Mashina dinamik to‘xtash chiziqlariga ega orqa kamera, katta sig‘imli yukxona va boshqa ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan.
Avtomobilning texnik tavsifi:
- zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;
- aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuchi;
- 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- yoqilg‘i sarfini tejashga mo‘ljallangan stop-start intellektual tizimi;
- yangilangan va katta hajmli yukxona.
Foto: UzAuto Motors
Yangi Tracker’ni 25 yanvardan boshlab quyidagi komplektatsiyalarda, Chevrolet standartlari talablariga to‘liq javob beradigan dilerlik markazlaridan xarid qilish mumkin:
Boshlang‘ich komplektatsiya: 145 130 000 so‘mdan (QQSsiz), 166 899 500 so‘mdan (QQS bilan). Boshlang‘ich komplektatsiyadagi avtomobilni sotib olish istagini bildirgan xaridorlar dilerlik tashkilotlari yoki «[email protected]» elektron manziliga so‘rov qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi so‘rovlar jamlanganidan so‘ng kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilishini ta’minlaydi.
LT komplektatsiya: 193 043 478 so‘m (QQSsiz), 221 999 999 so‘m (QQS bilan).
Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors
Avvallari Tracker faqat Xitoy va Braziliyada sotilgan, biroq 12 dekabrda Amerikaning General Motors va Xitoyning SAIC Motor kompaniyalarining SAIC-GM qo‘shma korxonasi yangi Chevrolet Tracker’ni xalqaro bozorga eksport qilishni boshlagan. 209 ta avtomobildan iborat birinchi partiya O‘zbekistonga yuborilgan.
Noyabr oyida Shveysariyaning Credit Suisse kompaniyasi UzAuto Motors’ga investitsion loyihalar, jumladan, General Motors’ning arzonlashtirilgan GEM platformasidagi yangi modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun 150 million yevrogacha kredit ajratishi ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi