1 946
Olimlar nima sababdan YTHlar oqibatida ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq jabrlanishini aniqladi
Foto: Mini
AQSH Yo‘l harakati xavfsizligi sug‘urta instituti olimlari (IIHS) nima sababdan ayollar YTHlar oqibatida erkaklardan ko‘ra ko‘proq jabr ko‘rishini aniqladi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, nozik jins vakillarining zaifligi ancha ixcham va shu sababli xavfsizligi kam ta’minlangan mashinalarni boshqarishi bilan bog‘liq, deb xabar beradi Motor.
IIHS mutaxassislar AQSHda 1998 yildan 2015 yilga qadar sodir bo‘lgan og‘ir avariyalarga oid ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘rtacha statistik jihatdan YTHlar oqibatida ayollar erkaklarga nisbatan 20-28 foizga ko‘proq vafot etadi. Shuningdek, ayollar og‘ir jarohatlarni ham ko‘proq oladi: mayib bo‘lish ehtimolligi erkaklarga nisbatan 37-73 foizga yuqori.
Bu kabi farqlar ayollarning fiziologik farqi yoki kamroq mashq qilganligi bilan emas, balki xavfsizligi yaxshi ta’minlanmagan avtomobillarni boshqarishi bilan izohlanadi. Odatda ayollar yengil va ixcham mashinalarni boshqaradi hamda har qanday to‘qnashuvda kichik mashinalar tez shikastlanadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ayollar va erkaklarning avtomobillarga bo‘lgan qiziqishlaridagi farq inobatga olinsa, YTHlar oqibatida olingan og‘ir jarohatlar yoki o‘lim holatlari ikkala jins vakillari uchun bir xil bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi