2 567
«O‘tgan yili Spark va Nexia'dan 550 mlrd so‘m zarar ko‘rganmiz. Equinox, Malibu va Trailblazer sotish zararni qoplayapti» – UzAuto Motors mas’uli
Azizbek Shukurov
Kun.uz xabariga ko‘ra, tadbir davomida tashkillashtirilgan matbuot anjumanida OAV xodimlari jamiyat mutasaddilaridan Equinox singari qimmat avtomobillarni chet eldan olib kelib, ustiga 50 foiz mablag‘ qo‘yilib sotilayotgani bo‘yicha izoh so‘rashdi.
“UzAuto Motors AJ Equinox, Malibu va Trailblazer kabi mashinalarning importyoriga, sotuvchisiga aylandi, degan gaplar paydo bo‘ldi. Shuning uchun aytib o‘tmoqchiman, o‘tgan yili 280 mingta mashina ishlab chiqardik. Equinox va Malibu kabi mashinalar 10 mingta sotilgan. Nisbatini olsak, nechta mashina tayyor holatda olib kirib sotildi, nechta mashina ishlab chiqarildi, deganda qimmat avtomobillar sotuvi 5 foizdan oshmaydi. Ya’ni, mahsulotlarning 5 foizini olib kirib sotyapmiz, 95 foizini o‘zimiz ishlab chiqaryapmiz.
UzAuto Motors biznes modeli shunday qilinganki, iloji boricha ommaga moslashgan mashinalarga minimal daromad qo‘yilgan. Tijorat sirini ochyapman sizlarga, ba’zilarida, masalan, Spark va Nexia kabi mashinalarda daromad umuman yo‘q. Nafaqat daromad, balki yo‘qotish bor. Shuning uchun ommaga arzonroq mashina yetkazish imkoniyatini yaratish maqsadida biz qimmat mashinalar daromadini baland qilib qo‘yamiz. Bu - qimmat mashinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon mashina yo‘qotayotgan pulni qoplash uchun o‘ylangan tadbir.
Aniq misol, Spark bilan Nexia’dan o‘tgan yili 550 mlrd so‘m pul yo‘qotdik. Bu sof ziyon. Qimmat mashinalardan 500 mlrd so‘m foyda ko‘rdik. Sizlarga savol, sizlar ham menga o‘xshagan fuqarosizlar. Mana shu Equinox, Malibu narxlarini tushirib, Spark, Nexia narxini ko‘tarib qo‘ygan yaxshimi yoki hozirgi holatda biznes modelni davom ettirgan yaxshimi, degan savol turibdi-da. Nima deb o‘ylaysizlar?” - dedi “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi