2021 yil 29 aprelda «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish me’yorlari tasdiqlandi. Jumladan:
- Vazirlar, davlat qo‘mitalari rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — BHMning 2000 baravari (490 mln. so‘m)dan;
- Ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — 1500 baravari (367 mln. 500 ming so‘m)dan;
- Tuman va shahar hokimlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi — BHMning 1000 baravari (245 mln. so‘m)dan;
- Davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, tuman, shahar hokimi o‘rinbosarlari xizmat avtotransporti narxi — BHMning 700 baravari (171 mln. 500 ming so‘m)dan oshmasligi belgilandi.
Qarorga ko‘ra, davlat tashkilotlarida foydalanishda mavjud bo‘lgan xizmat avtoransportlari ikki oy ichida xatlovdan o‘tkaziladi va belgilangan me’yorlar bo‘yicha limitdan ortiqcha bo‘lgan xizmat avtotransportlari ro‘yxati shakllantiriladi.
Shakllantirilgan ro‘yxat asosida ortiqcha xizmat avtotransport vositalari 2021 yil 1 avgustga qadar elektron auksion savdolariga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, davlat organlari xodimlarining shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlarida foydalanganliklari uchun kompensatsiya to‘lash tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi (uch oy muddatda) ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi