12:35 / 06.05.2021
2 249

Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin


«Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (272-son, 04.05.2021 y) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi.

Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.

Ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin