11:00 / 01.06.2021
3 360

UzAuto Motors «shapka tizimi» yana qaytgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors’da yangi avtomobillar uchun yana turnaqator navbatlar paydo bo‘lgani, ayrim dilerlar esa «shapka tizimi»ga qaytgani, mashinalar modeli va konfiguratsiyasiga qarab 500 dan 2000 dollargacha so‘rayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

«Gazeta.uz»ning UzAutoSanoat botiga tayanib yozishicha, 20 ming nafardan ortiq kishi Lacetti, 6300 nafardan ortig‘i Cobalt, 1600 nafardan ortig‘i Spark, 1500 nafardan ortig‘i esa Nexia-3 avtomobiliga navbat kutmoqda.

Kompaniyaning qayd etishicha, butun dunyo bo‘ylab avtomobilsozlik sanoati yarimo‘tkazgichlar tanqisligi bilan bog‘liq qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda. Mikrochiplarning global tanqisligi bir qator yirik avtomobilsozlik korxonalarida ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishga olib keldi.

UzAuto Motors ushbu muammoning salbiy oqibatlarini minimallashtirishga muvaffaq bo‘lib, zavodlarning to‘liq to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymadi. Biroq ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida yangi transport vositalarini yetkazib berish muddati uzayishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda kompaniya mart oyi boshlaridayoq ogohlantirgan.

«Yuzaga kelgan holatdan foydalanib, ba’zi bir vijdonsiz bo‘lgan sub’ektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar sodir etilmoqda hamda bunga qarshi ‘O‘zavtosanoat’ AJ faol kurash olib bormoqda», — deyiladi kompaniya xabarida.

UzAuto Motors avtomobil xarid qilish vaqtida ma’lum bir avtomobil modelini sotib olish bo‘yicha shartnomalar yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarlik yoki boshqa turdagi korrupsiya holatlariga duch kelganda, kompaniyaning mijozlar bilan ishlash markazi 78 141 77-77 yoki Bosh prokuraturaning 1007 qisqa raqamlariga murojaat qilishni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors «shapka tizimi» yana qaytgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi