00:26 / 11.08.2021
3 197

O‘zbekistonda istalgan fuqaro UZB, AAA seriali avtoraqamlarni auksion orqali sotib olishi mumkinligi aytildi


O‘zbekistonda endi istalgan fuqaro auksionda UZB, AAA seriali avtoraqamlarni sotib olishi mumkin, deya ma’lum qildi YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov.

«Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgisi olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali davlat raqamlari bilan bog‘liq korrupsion omillarga barham berildi.

UZB yoki AAA kabi seriali davlat avtomobil raqamlari biror-bir tashkilot yoki muayyan shaxslarga biriktirilmagan. Ushbu davlat raqamlari ochiq savdoda bo‘lgan davlat raqam belgilari hisoblanadi. Masalan, AAA seriyali davlat raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan, bemalol murojaat qilish mumkin.

UZB seriali raqamlarni ham xuddi shunday tartibda istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin», — dedi Saidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda istalgan fuqaro UZB, AAA seriali avtoraqamlarni auksion orqali sotib olishi mumkinligi aytildi