13:13 / 21.08.2021
2 452

McLaren F1 modeli 2021 yilning eng qimmat avtomobiliga aylandi

McLaren F1 modeli 2021 yilning eng qimmat avtomobiliga aylandi
Foto: Gooding&Company
Kaliforniyada Gooding & Company auksionida 1995 yilda ishlab chiqarilgan McLaren F1 avtomobili sotildi. 390 kilometr yo‘l bosgan eksklyuziv jigarrang rangdagi ideal holatda saqlangan superkar uchun noma’lum xaridor 20,465 million dollar to‘lagan, deb xabar beradi Motor.

McLaren F1 konveyerdan 1993 yildan 1998 yilga qadar chiqqan. Britaniyalik muhandislar jami 106 nusxa noyob superkardan yig‘gan bo‘lib, ular umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish uchun ideal avtomobil deya ta’riflangan. Mutaxassislar modelni yaratishda tarixda birinchi bor ugleplastikdan monokok yasagan. Bundan tashqari, superkar salonini ishlashda titan, oltin, magniy va hatto kelardan tayyorlangan ehtiyot qismlardan foydalanilgan. Aerokosmik texnologiyalardan foydalanilishi modelning uzoq vaqt yuqori darajada turishini ta’minlagan.

Foto: Gooding&Company
McLaren F1 kapoti ostiga muhandislar 627 ot kuchi va 650 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir BMW’ning 6,1 litrli V12 dvigatelini joylashtirgan. Agregat olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. 1998 yilda superkar dunyodagi eng tezkor avtomobil sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Model soatiga 386,7 kilometr tezlikka erishgan. McLaren rekordi 2005 yilga qadar davom etgan. O‘shanda Britaniya superkari birinchilikni soatiga 408 kilometr tezlikda harakatlangan Bugatti Veyron’ga bo‘shatib bergan.

Foto: Gooding&Company
Sotuvga qo‘yilgan nusxa Creighton Brown rangida bo‘lgan. 26 yil davomida superkar yapon kolleksionerining garajida saqlangan bo‘lib, 390 kilometr yo‘l bosgan. Savdolar davomida McLaren F1 uchun noma’lum xaridor 20,465 million dollar to‘lagan — bu 2021 yilda sotilgan avtomobillar orasidagi eng yuqori narx hisoblanadi. Mashinaning yangi egasi avtomobil bilan birga, TAG Heuer 6000 Chronometer qo‘l soatlari va tilla suvi yuritilgan titanli kalitlarga ega bo‘lgan.

Foto: Gooding&Company

Foto: Gooding&Company
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Sotheby’s auksioni orqali McLaren F1 superkari 19,805 million dollarga sotilib, rekord o‘rnatgandi. Shassi raqami 018 bo‘lgan mashina 25 yil davomida 21,5 ming kilometr yo‘l bosgan, xolos, va ishlab chiqaruvchi tomonidan LM spesifikatsiyasiga qadar ishlangan ikkita kupedan biri hisoblanardi: dvigateli poyga GTR’niki va High-Downforce Kit«obvesi».

Foto: Gooding&Company

Foto: Gooding&Company

Foto: Gooding&Company

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » McLaren F1 modeli 2021 yilning eng qimmat avtomobiliga aylandi