08:00 / 30.09.2021
2 634

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin. Bu haqda 29 sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyev ma’lum qildi.

Shuningdek, Ulug‘bek Muhammadiyevning bildirishicha, avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatini Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish bo‘yicha tartibni belgilovchi hujjat loyihasi tayyorlandi. Davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ustida ish olib borilmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 5 million 793 ming nafar haydovchilarning 3 million 600 ming nafari haydovchilik guvohnomasini almashtirgan. Shundan 2 milliondan ortiq haydovchining guvohnomasi almashtirilmagan.

Shu kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga DXA tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabri deb belgilangan. 2022 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish nazarda tutilmoqda. Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin