IIV YHXBB respublika hududida avgust oyida ishga tushirilgan onlayn rejimda ishlovchi statsionar radarlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, o‘tgan bir oy ichida Surxondaryo viloyatida 5 ta statsionar, Samarqand viloyatida 2 ta PDD radar ishga tushirilgan.
Foto: YHXBB
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprelida O‘zbekistonda qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralarni o‘rnatish tartibi haqida hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda E-ijro auksion platformasi orqali onlayn auksionga qo‘yiladi. Tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joy dislokatsiyasi, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.
Iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlandi. 1 iyul kuni E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi