Foto: «Mydrivers»
«Tesla Model S» bir quvvat olishda 1 210 kilometrni bosib o‘tgan ilk elektromobilga aylandi. Bu haqda «Mydrivers» xabar berdi. Bunga erishish uchun mashinaga yangi akkumulator batareyasini qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Amerikaning akkumulatorlar ishlab chiqaruvchi «Our Next Energy» (ONE) kompaniyasi yanada sig‘imliroq akkumulator o‘rnatib, «Tesla Model S»ni o‘zgartirdi va natijada yuqoridagi yangi rekord qayd etildi.
Yangilangan «Tesla Model S»ning akkumulator batareyasi sig‘imi — 203,7 kVt/s. Sinov payti o‘rtacha 88 km/s. tezlikda yurildi, yakunda mashina bir quvvat olishda 1 210 kilometr yo‘l bosdi.
Bunaqa mashinada Toshkentdan Nukusgacha (1 113 km.) bemalol yetib olish mumkin.
Jami 14 soat sarflangan sinov 2021 yilning dekabr oyida Michiganda bo‘lib o‘tdi. Albatta, 88 km/s. yuqori tezlikli katta yo‘llar uchun xos emas, biroq bu shaharlar ichida harakatlanishdagidan birmuncha yuqori tezlik.
«Our Next Energy» kompaniyasi yangi akkumulatorni «Egizaklar» deya nomladi. Kompaniya asoschisi va bosh direktori Mujib Ijoz: «Hozirda aksariyat haydovchilarni tashvishlantirayotgan uzoq yo‘l bosish muammosiga yechim topib, elektromobillarni yanada ommalashtirmoqchimiz».
Yangilangan batareyalar xavfsizlik va qiymat borasidagi keng ko‘lamdagi ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelmasligi ham mumkin, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda