Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash haqida fikr bildirarkan, xalqimiz o‘rtasida shaxsiy avtomobilga ehtiyoji oshib borayotganini aytib o‘tgan. «Menimcha» ko‘rsatuvida davlat rahbari o‘tkazgan yig‘ilishdan reportaj berildi.
«Kelasi haftada avtomobilsozlik masalalarini ham ko‘rib chiqamiz. Mashinaga bo‘lgan talab oshib bormoqda, odamlar pulini to‘lab qo‘yganmiz, mashinani ber ey davlat rahbarlari, deyapti. Xudoga shukr, iqtisodiyotimiz o‘sib bormoqda, odamlarning talabi oshib boryapti.
Shu bilan birga biz yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlab berish bo‘yicha mutlaqo boshqa choralarni ko‘rishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam avtomobillar uchun belgilangan bojxona to‘lovlari («rastamojka») 50 foizgacha arzonlashtirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yarimo‘tkazgichlar bilan bog‘liq global muammo tufayli mashina ishlab chiqarish va yetkazib berishda jiddiy muammolar tug‘ilgani sababli «O‘zavtosanoat» hukumatga shunday taklif bilan chiqqani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi