Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish, UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish vazifasini topshirdi.
Davlat rahbari sohaga mas’ul «O‘zavtosanoat» AJ raisi Shavkat Umurzoqovga ishlab chiqarishni oshirish va aholining talabini to‘liq qondirish bo‘yicha tinimsiz ishlashi shartligini aytdi.
— Jahonda mikrochiplar ishlab chiqarish va xalqaro logistika bilan bog‘liq muammolardan kelib chiqib yangi yondashuv va yechimlar topish zarur. Umuman, mashinasozlik tarmog‘i sanoatning “drayver” sohalaridan biri bo‘lishi kerak, — deya ta’kidlandi prezident.
Shuningdek, Sh.Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida ochiq-oshkora va inson omilidan xoli tizimni yo‘lga qo‘yib, sun’iy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi