Foto: O‘zA
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tizimdagi katta o‘zgarishlar haqida O‘zAga ma’lumot berdi.
— Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, o‘zboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini to‘xtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik («yo‘l bezoriligi») uchun javobgarlik belgilanadi.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish, qarshilik ko‘rsatish holatlari bor. Endi bunday holatlarning oldini olish uchun soha vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi.
Qoidabuzarlik uchun jarima ballar hisoblash tizimi joriy etiladi. Agar haydovchining 12 oy davomida sodir etgan qoidabuzarliklari uchun hisoblangan jarima ballari umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transportni boshqarishdan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga bonus ballari hisoblanadi.
Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta ko‘rib chiqiladi, — degan vazir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi