O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish boshlanishi va 2030 yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar tashkil etishiga erishish maqsad qilingan. Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan Elektromobillarga oid qaror loyihasida so‘z boradi.
Loyihaga ko‘ra, budjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar xizmat avtomobillari parkining 2025 yilga qadar kamida 10 foizigacha, 2030 yilga qadar 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi.
Budjet tashkilotlari va davlat korxonalarida 2022 yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar bo‘lishi talab etiladi. Elektromobillar importi va zaryadlash stansiyalari uchun soliq va bojxona yengilliklari kiritilishi kutilmoqda.
2030 yilga borib budjet pullaridan benzinda yuradigan avtomobil sotib olish man etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
KXDR - O‘zbekiston: Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing