10:42 / 29.04.2022
1 991

Narishkin: Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi

Narishkin: Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi
Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “tarixiy yerlari” ustidan nazorat o‘rnatish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi razvedkasi xizmati (TRX) direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.

Rossiya tashqi razvedkasi xizmatiga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington va Varshava Polshaning Ukrainadagi “o‘zining tarixiy yerlari” ustidan zich harbiy-siyosiy nazoratini o‘rnatish rejalarini ishlab chiqmoqda”, - deyiladi uning xizmat matbuot byurosi chop qilgan bayonotida.

Rossiya TRX ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning harbiy viloyatlariga Polsha qo‘shinlarining “rus agressiyasidan himoya qilish” shiori ostida kiritilishi “qo‘shilishning” birinchi bosqichi bo‘lishi kerak. AQSH prezidenti ma’muriyati bilan kutilayotgan missiyaning maqomi muhokama qilinmoqda.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ular NATO vakolatisiz, biroq “xohlovchi davlatlar” ishtiroki bilan bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, Varshava hozircha ehtimoliy hamfikrlari bilan kelisha olmagan.

Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukraina o‘z hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan edi.

16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunga munosabat bildirib, Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib kelishidan ogohlantirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Narishkin: Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi