Foto: The Guardian
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi masjidda portlash yuz berdi. Oqibatda 50 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi. Bu haqda masjid imomining gaplariga tayanibb Reuters xabar bergan. Portlash juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan.
Hukumat portlash oqibatida 10 nafar odamning halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan. Mahalliy shifoxona portlashdan keyin 21 nafar yarador olib kelinganini xabar qilgan.
Bu Afg‘onistonda oxirgi kunlarda kuzatilgan portlashning birinchisi emas. Avval 29 aprel kuni mamlakat shimolidagi Balx viloyatida portlash sodir bo‘lgan va 10 nafar odamni hayotdan olib ketgandi. Shuningdek, o‘tgan haftada ketma-ket yuz bergan bir nechta portlashlar tufayli 100 nafarga yaqin odam yaralangan, 40 nafar kishi halok bo‘lgandi.
2021 yil avgust oyidan buyon Afg‘onistonda hukumat «Tolibon» harakati tomonidan boshqarilmoqda. Rossiya TIV va yana boshqa bir qator davlatlar toliblar inklyuziv hukumat tuzsa ularning boshqaruvi tan olinishi mumkinlgini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi