21:43 / 02.05.2022
888

Ukrainani tark etganlar soni 5,5 milliondan oshdi

Ukrainani tark etganlar soni 5,5 milliondan oshdi
Foto: «NewsMaker»
Rossiya harbiy yurish boshlagan 24 fevraldan beri 5,5 milliondan ortiq kishi Ukrainani tark etdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ukrain qochqinlari yo‘l olgan mamlakatlar.
Xarita: BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi

Qaysi mamlakatga qancha ukrainalik qochqin ketgan?
Polsha — 3 056 826
Ruminiya — 825 874
Rossiya — 681 156
Vengriya — 530 157
Moldova — 447 604
Slovakiya — 379 447
Belarus — 25 002
Bundan tashqari, 18 fevraldan 24 fevralga qadar Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 103 ming kishi Rossiyaga ketgan.

BMT ma’lumotlarida fevral oyida 653 mingdan ziyod, martda salkam 3,4 mln, aprelda 1,5 mln dan ziyod inson Ukrainadan chiqib ketgani ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainani tark etganlar soni 5,5 milliondan oshdi