Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning ahvoli uchun javobgarlik to‘liq Moskva zimmasida va shu fonda uning Tokioga qarshi sanksiyalar e’lon qilishi — «mutlaqo nomaqbul» qaror. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida aytib o‘tdi.
«Aynan Rossiya harbiy yo‘lni qo‘lladi va bu vaziyatga sabab bo‘ldi. Garchi Rossiya—Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati uchun javobgarlik butunlay Rossiya zimmasida bo‘lsa-da, u shunday bayonot bilan chiqdi. Bu mutlaqo nomaqbul», — dedi Kisida.
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi ehtimoli haqida gapirar ekan, bosh vazir Yaponiya xalqaro hamjamiyat, xususan, G7 davlatlari bilan hamkorlikda tegishli qaror qabul qilishini qayd etdi.
Kisida o‘z bayonotini Rossiyaning yangi sanksiyalariga javob tariqasida bergan. 4 may kuni Rossiya 63 nafar Yaponiya fuqarosi, jumladan, bosh vazirning o‘zi, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno, tashqi ishlar vaziri Yosimase Xayasi, moliya vaziri Syuniti Sudzuki va boshqalarga sanksiya qo‘llab, ularni Rossiyaga kirishini taqiqlagan edi. Yaponiya parlamentining har ikki palatasi a’zolari, shimoliy hududlar (Tokio Janubiy Kuril orollarini shunday ataydi) muammosi bo‘yicha siyosatni ishlab chiqish assotsiatsiyasi rahbari Mamoru Morxoshi va yirik OAVlar: Sankei gazetalari, Yomiuri Group media xoldinglari va Nikkei va boshqalarning rahbarlari ham cheklovlar ostiga tushgan.
Bu choralar «Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan kampaniyaga javob sifatida joriy qilinmoqda», — deyiladi Rossiya TIV bayonotida. Avval Yaponiya Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Mamlakatning yuqori rahbariyati, xususan, prezident Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek, bir qator tadbirkorlar va kompaniyalar rahbarlari cheklovlar ostida qolgan. Sanksiyalar Markaziy bank va Rossiyaning o‘nlab korxonalariga ham ta’sir qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi