Foto: AP
Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk «Azovstal» korxonasi hududidagi tinch aholi olib chiqilganini ma’lum qildi.
«Prezident buyrug‘i bajarildi: "Azovstal"dagi barcha ayollar, bolalar va keksa yoshdagilar evakuatsiya qilindi. Mariupol gumanitar operatsiyasining ushbu qismi yakuniga yetdi», - deb yozdi Vereshchuk o‘z Telegram-kanalida.
2 may kuni «Azovstal» zavodidan 101 kishi evakuatsiya qilingani aytilgandi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ma’lum qilishicha, 6 mayga o‘tar kechasi zavod va atrofdagi hududlardan 500 nafarga yaqin tinch aholi vakillari evakuatsiya qilingan.
Rossiya mudofaa vazirligi tinch aholi evakuatsiya qilinishi uchun 5, 6 va 7 may kunlari gumanitar yo‘lak ochilishini bildirgan. 7 may kuni yana 50 kishi zavod hududidan olib chiqilgani xabar qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 aprel kuni Sergey Shoygu bilan Kremlda uchrashgan va «Azovstal» zavodi hududida harbiy harakatlarni to‘xtatishga buyruq bergandi. «Yerto‘lalarda emaklash shart emas. Hududni bloklang, shunday qilingki, pashsha ham uchib o‘tolmasin», degandi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi