date
views 1 256

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmaganda Ukrainaga bordi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmaganda Ukrainaga bordi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ukrainaga bordi. Tryudo Ukrainaga borishni rejalashtirayotgani haqida gapirmagandi. U oldinroq Jo Bayden bilan Ukraina masalasini muhokama qilgan.

Tryudo Kiev yaqinidagi Irpen shahriga borgan. Uning tashrifi haqida ham avvalo Irpen meri Oleksandr Markushin xabar berdi. Merning aytishicha, Tryudo urush dahshatini oʻz koʻzi bilan koʻrish uchun Ukrainaga borganini aytgan. Kanada etakchisi koʻrganlaridan hayratga tushgan. Markushin Kanadadagi ukrain diasporalari Irpenni qayta tiklashda ishtirok etishiga umid bildirgan. Kun yakunida Tryudo Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashgan.

Foto: Ukraina prezidenti rasmiy sayti
Tryudoning Ukrainaga borishi rejalari haqida aytilmagan edi. Tashrif tafsilotlari haqida Kanada bosh vaziri rasmiy saytida hozircha xabar berilmagan, suratlar ham yoʻq. Shunchaki Tryudo Ukrainada boʻlgani ikki satrda aytib oʻtilgan. Katta ehtimol bilan Tryudo «Katta ettilik» davlatlari onlayn yigʻilishida ham Kievda turib ishtirok etgan.

Kanada bosh vaziri Ukrainaga borishidan oldinroq AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatini oʻtkazgan va Ukrainadagi holatni muhokama qilgan edi.

8 may kuni AQSh prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden ham Ukrainaga bordi.

Foto: AP
AQSh birinchi xonimi Ujgorodda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning xotini Elena Zelenskaya bilan uchrashgan. Bu tashrif haqida ham anons berilmagan edi. 7 may kuni Jill Bayden Ruminiya hamda Slovakiyada ukrainalik qochoqlar bilan uchrashgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmaganda Ukrainaga bordi