
Foto: Eduard Korniyenko / URA.RU / TASS
Rossiyada yoki mamlakatning alohida regionlarida harbiy holat joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Yo‘q, bunday reja yo‘q", - dedi Peskov jurnalistlarning Rossiya hududida harbiy holat joriy etish rejalashtirilgani to‘g‘risidagi savoliga javoban.
Avvalroq AQSH milliy razvedkasi rahbari Avril Heyns senatdagi tinglovlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy holat joriy qilishi mumkinligini aytgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada “maxsus operatsiya” boshlanganini e’lon qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar