10:41 / 12.05.2022
5 252

Tailand hukumati aholiga uyda yetishtirish uchun 1 mln tup kannabis tarqatadi

Tailand hukumati aholiga uyda yetishtirish uchun 1 mln tup kannabis tarqatadi
Foto: The steppe
Tailand hukumati iyun oyida aholiga uy sharoitida yetishtirish uchun bir million tup kannabisni bepul tarqatadi. Bu haqda qirollik sog‘liqni saqlash vaziri Anutin Charnvirakul bayonotiga tayanib, CNN xabar berdi.

9 iyun kuni Tailandda aholiga mahalliy hokimiyat organlarini xabardor qilgan holda tarkibida psixotrop moddalar past darajada bo‘lgan kannabis yetishtirish va undan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat beruvchi yangi qonun kuchga kiradi. Tegishli litsenziyani olgandan keyingina yetishtirilgan mahsulotlarni sotish mumkin.

Mehnatga layoqatli aholining uchdan bir qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan Tailandda hukumat daromad manbai sifatida kannabis yetishtirishni faol targ‘ib qilmoqda, deb ta’kidlaydi CNN. Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, marixuana va kanop yetishtirish aholiga va mamlakat budjetiga yiliga 10 milliard bat (taxminan 288 million AQSH dollari) dan ortiq qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.

Tailand 2018 yilda tibbiy marixuanani qonuniylashtirgan Janubi-Sharqiy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Tailandda marixuanani vaqtichog‘lik maqsadida ishlatish va sotish hanuz noqonuniy hisoblanadi va bu uzoq muddatli qamoq jazosi bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand hukumati aholiga uyda yetishtirish uchun 1 mln tup kannabis tarqatadi