5 111
Kiyev «Azovstal»dagi yarador harbiylarini rossiyalik asirlarga almashtirishni taklif qildi
FotoL «TASS»
Kiyev Moskvaga Mariupoldagi «Azovstal» zavodida qamalda qolayotgan yarador ukrainalik harbiylarni asirdagi rossiyaliklarga almashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqida Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari Irina Vereshchukning bayonotiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Bu zavoddagi odamlarni ozod qilish variantlaridan biri, deya tushuntirdi u. «Ayni paytda zavodni harbiy yo‘l bilan blokdan chiqarishning iloji yo‘q. ‘Azovstal’ himoyachilari taslim bo‘lishni istamayapti», — dedi Vereshchuk.
Bosh vazir o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, hozircha Moskva bilan hech qanday kelishuv tuzilmagan, muzokaralar davom etmoqda.
Avvalroq AFP agentligiga bergan intervyusida Vereshchuk «Azovstal» hududida mingdan ortiq ukrainalik askar qolganini, ulardan yuzlab nafari yarador ekanini aytgan. «Og‘ir jarohat olganlar va zudlik bilan evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lganlar bor», — degan u.
Aprel oyi o‘rtalarida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya harbiylari va Donetsk xalq respublikasi qo‘shinlari Mariupol ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olganini, biroq ukrainalik qo‘shinlar «Azovstal»da qolganini aytgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunga javoban zavodga hujumni bekor qilishni, ammo «pashsha ham ucholmaydigan qilib» sanoat zonasi hududini to‘sib qo‘yishni buyurdi. Ukraina tomoni u yerda tinch aholi borligini aytdi. Aprel oxirida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskva va Kiyevga tashrif buyurib, odamlarni Mariupoldan, jumladan, zavoddan evakuatsiya qilish masalasini muhokama qildi.
7 may kuni Rossiya va Ukraina tomonlari «Azovstal» zavodi hududidan tinch aholining barchasini evakuatsiya qilish yakunlanganini e’lon qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi operatsiya BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ishtirokida o‘tkazilganini ma’lum qildi.
11 may kuni Donetsk rahbari Denis Pushilin endi zavodda tinch aholi qolmaganini, unga zarba berishni davom ettirish mumkinligi haqida gapirdi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Azovstal»dagi ukrainalik harbiylar halok bo‘lgan taqdirda Kiyev Moskva bilan tinchlik muzokaralarini to‘xtatishi haqida ogohlantirgan edi. Aprel oyida u Ukraina Rossiyaga qamaldagi hududdan tinch aholi va askarlarni evakuatsiya qilishning bir qancha variantlarini, jumladan yaradorlarni almashish va vositachilar ishtirokini taklif qilganini, biroq Moskva buni rad etganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi