Hindistonning fursati. Yo‘lbarslar urushganda, aqlli maymun daraxtdan tushmaydi...

Hindistonning fursati. Yo‘lbarslar urushganda, aqlli maymun daraxtdan tushmaydi...
Hindiston tobora dunyoning ikkinchi sanoat ishlab chiqaruvchisiga aylanib boryapti. Keng turdagi mollar va xizmatlar, IT va farmatsevtika — Hindiston barcha sohalarda o‘smoqda.

Keskinlashib borayotgan G‘arb — Rossiya, G‘arb — Xitoy ziddiyatlaridan chetda turgan Hindiston nizolashayotgan barcha tomonlar bilan iqtisodiy integratsiyasini yanada rivojlantirib, vaziyatdan foydalanib qolish imkoniga ega.

Shunga ishora qilgan «The Economist» jurnali yangi soni muqovasiga ushbu sarlavhani joylashtirdi: «Hindistonning fursati. Modi uni tutib olarmikan?» (Narendra Modi — Hindiston bosh vaziri — tahr.).

Yo‘lbarslar urushganda, aqlli maymun daraxtdan tushmay tomosha qiladi — qani, qanday tugarkan...
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar