
Foto: Getty Images
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya sportiga qo‘yilgan sanksiyalar haqida gapirdi.
- "Menga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganda, o‘zimni g‘olib deb hisoblagandim. Rossiya sportchilari — g‘oliblar. Sportchilarni g‘alaba bilan tabriklayman.
Ulardan qo‘rqishmoqda, ularga ruxsat berilmayapti. Sportchilardagi bor ishtiyoq — Rossiya bayrog‘ini ko‘tarish.
Biz bilan do‘st bo‘lgan hududlar bor deb o‘ylayman. Demak, raqobatlashish mumkin. Butun dunyoga o‘zimizni haq ekanligimizni, bizni sindirib, tiz cho‘ktirib bo‘lmasligini isbotlamagunimizcha yashashimiz kerak.
Bu yaqin kelajakda sodir bo‘ladi. Ular tan olishi, kechirim so‘rashi, Rossiya va barchaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishlari lozim", - dedi Ramzan Qodirov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar