
- 22 may kuni Ukraina Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xalqlarining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi.
- Ommaviy axborot vositalari va Ukraina rasmiylari Zaporoje viloyati Energodar shahridagi uylardan birida portlash sodir bo‘lganini xabar qildi — o‘zini shahar hokimi deb e’lon qilgan Andrey Shevchik va uning qo‘riqchilari yaralangan.
- Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini 23 avgustga qadar uzaytirdi.
- Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy Ukrainani muzokaralarni muzlatib qo‘yganlikda aybladi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilgani to‘g‘risida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va Ukraina prezident ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak 17 may kuni e’lon qilgandi.
«Meduza» urushning sakson sakkizinchi kuniga oid asosiy suratlarni taqdim etdi.
Mariupol

Rossiyalik harbiylar Mariupoldagi «Azovstal» metallurgiya zavodi hududini minalardan tozalash ustida ishlamoqda.
Foto: Reuters

Donetsk viloyatidagi rossiyaparast qo‘shinlarning jangarilari.
Foto: Reuters

Mariupol chekkasidagi Stariy Qrim shahrida qabriston ishchilari tobutni tushirmoqda. Bu Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan ushbu shahar yaqinida paydo bo‘lgan yangi ommaviy qabrlardan biridir.
Foto: EPA

Stariy Qrimdagi qabristonda yangi qabrlar.
Foto: Reuters
Donbass shimoli

Ukraina Qurolli kuchlari xodimi Lugansk viloyati, Lisichansk shahri chekkasidagi kimsasiz yo‘lda ketmoqda. Lugansk viloyati rahbari Sergey Gaydayning 22 may kuni ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlarining hujumlari oqibatida shaharda 13 ta, viloyat bo‘ylab esa 70 dan ortiq uy zarar ko‘rgan.
Foto: AFP

Donetsk shimolidagi Bahmut shahrida raketa hujumi oqibatida vayron bo‘lgan uy yonidagi keksa ayol. Donetsk viloyati politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 22 may kuni Rossiya qo‘shinlari tomonidan hududdagi 74 ta fuqarolik ob’ekti: turar joy binolari, maktab, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, hayotiy zarur ob’ektlar o‘qqa tutilgan. Bir kunda 18 ta raketa hujumi qayd etilgan.
Foto: AFP

Ona va qizi Bahmutdan avtobusda evakuatsiya qilinmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya armiyasining artilleriya ko‘magida Bahmut yo‘nalishida o‘zining taktik pozitsiyasini yaxshilashga urinayotganini ma’lum qildi.
Foto: AFP

Donetsk viloyati shimoli-g‘arbida joylashgan Pokrovsk shahri kasalxonasidagi bemorlar.
Foto: AP Photo

Ukrainalik askar Donetsk yaqinidagi artilleriya pozitsiyasini termal tasvir monokulyaridan kuzatmoqda. Monokulyarlar kunning istalgan vaqtida va har qanday ob-havo sharoitida nishonni aniqlash imkonini beradi.
Foto: Reuters

Ukraina askari Donetsk yaqinidagi artilleriya pozitsiyalarida tushlik qilmoqda.
Foto: Reuters

Lisichanskdagi neftni qayta ishlash zavodida o‘qqa tutilishdan keyin ko‘tarilgan tutun.
Foto: AFP
Xarkov viloyati

Ukraina hududiy mudofaasi a’zolari ikki oy davomida rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilingan Russki Tishki qishlog‘i yaqinidagi front chizig‘ida patrullik qilmoqda. Rossiya armiyasi Xarkovning ko‘plab tumanlaridan chekinganidan so‘ng ham uning ayrim bo‘linmalari shahar shimolida qolmoqda va o‘t ochishda davom etmoqda.
Foto: Getty Images

Hududiy mudofaa askari frontda patrullik qilish mobaynida Russki Tishki qishlog‘ida buzilgan uyni ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: Getty Images “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar