Ukrainalik harbiy xizmatchilar Shvetsiyaning portativ qurol tizimidan foydalanishni o‘rganmoqda.
Foto: AP Photo
Shvetsiya Ukrainaga kemaga qarshi raketalar, tankka qarshi qurollar va 12,7 millimetrli miltiqlarni, shu jumladan o‘q-dorilarni yetkazib beradi. Bu haqda Shvetsiya TIV rahbari Enn Lindega tayanib, «RBK» xabar berdi.
«Ushbu to‘rtinchi paket Ukraina Qurolli kuchlariga moliyaviy yordamni ham o‘z ichiga oladi. Umumiy summa 95 million yevrodan oshadi», — dedi u.
Mart oyida Linde Ukrainaga himoya vositalari, dronlar va durbinlar yuborilishini e’lon qilgandi. Keyinroq u Shvetsiya tomoni Kiyevga 5000 ta tankka qarshi qurollar va minalardan tozalash uskunalarini topshirishini ma’lum qildi. Paket 205 million shved kronasiga baholandi.
Ukraina bir necha bor Qo‘shma Shtatlardan bir qancha raketa tizimlarini topshirishni so‘ragan, o‘tgan hafta The New York Times AQSH ushbu talabni bajarish niyatida ekanini xabar qildi.
AQSH prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington yuboradigan raketa tizimlari Rossiya hududiga yetib bora olmaydi. Davlat kotibi Entoni Blinkenning qayd etishicha, Ukraina AQSHni qurollardan Rossiya hududiga zarba berishda foydalanmaslikka ishontirgan. Reuters agentligi AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakiliga tayanib, Ukraina AQSHdan M142 HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) qurollarini olishini ma’lum qildi.
Kreml Ukrainaga qurol yetkazib berish qit’a xavfsizligiga tahdid solishi va beqarorlikka olib kelishini bir necha bor ta’kidlagan. 2 iyun kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga qurol-aslaha kiritilishi uni «yanada ko‘proq azob-uqubatlarga» solishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi