Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Zaporoje va Donbassdagi pozitsiyalarida bo‘ldi. 6 iyunga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti telegram-kanalida safar davomida olingan suratlar va prezidentning safar yakunlari bo‘yicha videomurojaati joylangan.
Front chizig‘ida Zelenskiy harbiylar bilan gaplashgan, operativ vaziyat bo‘yicha hisobotlarni tinglagan, shuningdek davlat mukofotlarini topshirgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.gov.ua
Zaporojeda esa xavfli hududlardan ko‘chirib keltirilgan oilalar bilan uchrashgan.
«Lisichansk va Soledarda bo‘ldim. Uchrashgan, qo‘l siqib ko‘rishgan, gaplashgan odamlarimning har biri bilan faxrlanaman. Harbiylarga nimalardir olib keldim. Bu haqda batafsil gapirmayman. Ulardan esa sizlarga nimalardir olib qaytdim. Bu muhim. Ishonch keltirdim. Va kuch ham. Ukrainaga shon-sharaflar!» — degan Zelenskiy.
Lisichansk ayni vaqtda bir qismi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Severodonetsk shahriga yondosh joylashgan.
Soledar — rossiyalik harbiylar tahdid solib turgan Baxmutdan shimolda, Severodonetsk va Lisichanskni Ukrainaning asosiy hududi bilan bog‘lovchi trassa bo‘yida joylashgan.
Zaporoje oblastining bir qismi rossiyalik harbiylar nazoratida qolmoqda.
Zelenskiy1, Lisichansk1, Soledar1, Donbass1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...