08:30 / 07.06.2022
4 058

Ukraina harbiylari chekinish oldidan minglab tonna donni yoqib yuborishdi (video)

Ukraina harbiylari chekinish oldidan minglab tonna donni yoqib yuborishdi (video)
Ukraina qo‘shinlari Mariupol dengiz porti omborlarida saqlanayotgan tonnalab bug‘doyni yoqib yuborishdi, deb xabar qilmoqda Donetsk Xalq respublikasi hukumati rahbari maslahatchisi Yan Gagin.

RIA Novosti muxbiri Mariupol shahar portiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan katta miqdordagi bug‘doyning yaroqsiz holga keltirilganining guvohi bo‘ldi.

"Mariupol porti hududida katta miqdordagi don saqlanayotgan edi, bu ham makkajo‘xori donasi, ham bug‘doy. Hozirgi damda hidi va tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, uning aksariyati foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgan. Dushman portdan chekinayotgan vaqtida don omborlariga o‘t qo‘ygan. Maqsad ushbu don mahsulotlari Donetsk Xalq Respublikasi qo‘liga tushmasligi va undan hech qanday uslubda foydalana olmasligi uchun. Yong‘inni bir necha kun davomida o‘chirishga harakat qilishdi, lekin foyda bo‘lmadi", - dedi Gagin.

- Endi undan hatto chorva ozuqasi uchun ham foydalanishning iloji yo‘q, - deydi DXR hukumati rahbari maslahatchisi.
Jurnalistlar suratga olgan kadrlarga ko‘ra, ayrim temir ombor devorlari vayron bo‘lgan, yerda uyum-uyum kuygan don, havoda kuyish va chirish hidi bor.

elevatorist.com sahifasida keltirilishiga ko‘ra, ushbu omborxona to‘liq yuklanganda 57000 tonna don mahsulotlarini sig‘dira oladi.
Ma’lumot uchun, BMT ushbu yilda g‘alla taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi tahdidini haqida qayta-qayta ogohlantirgan edi. G‘arb davlatlari bunda darhol Rossiyani ayblashga shoshilishdi. Go‘yoki Rossiya Ukraina donini jahon bozorlariga yetkazib berishga to‘sqinliq qilayotgan emish. Moskva bunday bayonotlarni qat’iyan rad etib, Rossiya tomonidan don eksportiga hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidlashdi.

Shu bilan birga, Kiyev tomoni donni eksport qilish uchun ko‘plab to‘siqlarni yaratdilar: harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina qo‘shinlari Qora dengizni minalashtirishdi, keyinchalik, minalar trosdan uzilib dengizga erkin suzishga chiqib ketdi va hozirgi zamonda Qora dengizdagi har qanday kemaga xavf solmoqda. Ularning kamida ikkitasi Turkiya qirg‘oqlari yaqinida topib zararsizlantirilgan edi. Ukraina Odessa portidan xorijiy kemalar chiqishiga to‘sqinlik qilishining yana bir sababi - Kiyev xorijiy kemalar chiqib ketganidan so‘ng Rossiya u yerga zarba berishidan qo‘rqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina harbiylari chekinish oldidan minglab tonna donni yoqib yuborishdi (video)