Bolgariya bosh vaziri 70 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini aytdi

Bolgariya bosh vaziri 70 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini aytdi
Foto: topnovini.bg
Bolgariya bosh vaziri Kiril Petkov 70 nafar rossiyalik diplomat 3 iyul kuni mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytdi.

"Biz 70 o‘rinli samolyot yakshanba kuni Moskvaga uchib ketishini kutyapmiz", - dedi Petkov.

Petkov avvalroq diplomatik faoliyat niqobi ostida maxsus xizmatlar uchun ishlagan rossiyaliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytgandi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Moskva bunga "tegishli javob" qaytarishini bildirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar