BAA vakillari Rossiyaga Ukraina bilan asirlar almashish masalasida yordam taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayanib xabar bermoqda.
“Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori martabali vakillari Ukrainadagi vaziyat tufayli, Rossiya tomoniga asirlikka tushgan shaxslarni almashtirish borasida ko‘mak taklif qilgan. BAA vositachiligida berilgan takliflar Ukraina tomoni bilan harbiy asirlar ro‘yxatini tuzishda inobatga olinadi”, - deyiladi xabarda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkovaning xabar berishicha, unga ukrain asirlarnining onalaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarda onalar farzandlarini qaytarmaslikni iltimos qilishgan, chunki vatanda ular qatag‘onga uchrashi yoki yana frontga jo‘natilishi mumkin.
Avvalroq, Oliy Radaga jazodan ozod qilish va harbiy asirlar almashtirilgan taqdirda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini tugatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilgan edi.
Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainani denatsifikatsiyalash va demilitarizatsiyalash maqsadida mahsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad Vladimir Putin ta’kidlaganidek, “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genotsid va haqoratga uchragan odamlarni himoya qilish”.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya armiyasi mart oyi so‘ngida birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajargan, ya’ni Ukrainaning harbiy salohiyatini sezilarli darajada kamaytirgan. Unda Donbassni ozod etish asosiy maqsad etib belgalingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»