Zelenskiyning maslahatchisi Ukrainani tiklashga 1 trln dollar talab qilinishini aytdi

Zelenskiyning maslahatchisi Ukrainani tiklashga 1 trln dollar talab qilinishini aytdi
Foto: AP
Volodimir Zelenskiyning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleg Ustenkoning baholashicha, Ukraina infratuzilmasi va iqtisodiyotini tiklash uchun 1 trln dollarga yaqin mablag‘ talab qilinadi.

«Urush tufayli Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan zarar 650 mlrd dollarni tashkil etadi va bunga bilvosita zarar ham qo‘shilsa, bu raqam 1 trln dollargacha yetadi. Bizga shuncha miqdordagi mablag‘ kerak», — dedi Ustenko.

Uning qayd etishicha, bu Ukrainaning besh yillik YAIMga teng.

May oyi boshlarida Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun 600 mlrd dollar kerak bo‘lishini aytgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar