Foto: Reuters
Ukrainadagi nizoni uch xil usul bilan hal qilish mumkin, ulardan qay biri amalga oshirilishiga qarab, NATO zaiflashadi yoki mustahkamlanadi. Bu haqda AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer The Spactator nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
Birinchi ssenariy Rossiya qo‘shinlari shu kungacha egallangan pozitsiyalarda qolishini ko‘zda tutadi, shu tariqa, ular «Ukrainaning 20 foiziga va Donbassning katta qismiga, asosiy sanoat va qishloq xo‘jaligi tumanlariga va Qora dengiz bo‘ylab uzunchoq yer bo‘lagiga ega bo‘ladi». Kissinjerning fikricha, bunday variant Rossiyaning g‘alabasi bo‘lgan bo‘lardi, NATOning o‘rni esa avval ko‘zda tutilganidek darajada ahamiyatli bo‘lmaydi.
Ikkinchi variant Rossiyani o‘zi maxsus operatsiyaga qadar nazorat ostiga olgan hudud — Qrimdan «siqib chiqarishga urinish»ni nazarda tutadi. AQSH sobiq davlat kotibi fikricha, u holda «Rossiyaning o‘zi bilan urush masalasi ko‘tariladi».
Voqealar rivojining uchinchi variantiga muvofiq, agar Kiyev Rossiyani tiyib turishga qodir bo‘lib chiqsa va qarshi turish chizig‘i maxsus operatsiyalar boshlanishidan oldingi chegaralargacha surilsa, bu rasmiy Moskvaning mag‘lubiyatini anglatgan bo‘lardi, deb hisoblaydi Kissinjer. Uning aniqlik kiritishicha, u holda Ukraina yangidan qurollantiriladi, u va NATO o‘rtasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yiladi yoki mamlakatning o‘zi alyansning bir qismiga aylanadi.
Kissinjerning fikricha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchinchi variantni amalga oshirishga qaror qilgan. Xuddi shu ssenariy G‘arb mamlakatlari uchun «jiddiy muvaffaqiyat»ga aylanadi, NATO Finlyandiya va Shvetsiyaning qo‘shilishi natijasida yanada mustahkamlanadi, Ukraina esa «Yevropadagi eng yirik quruqlikdagi qo‘shinlar»ga ega bo‘ladi, deb hisoblaydi Kissinjer.
«Rossiyaning eng yangi tarixida birinchi marta Amerika bilan Yevropani o‘z yadro kuchlari bilan himoya qilishda asosiy bo‘g‘in sifatida emas, balki Yevropa bilan bir butun bo‘lib yonma-yon yashash zaruriyatiga to‘qnash keladi», — deya ishonch bildirdi Kissinjer.
Kissinjer 1969—1975 yillarda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 1973—1977 yillarda davlat kotibi lavozimini egallagan. 2022 yil 27 may kuni u 99 yoshga to‘ldi.
Avvalroq Kissinjer «Ukrainada Rossiya kuchlariga qaqshatqich zarba berishga» urinmaslikka chaqirgan, bunday ssenariy Yevropadagi barqarorlikka halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan edi. U Rossiya 400 yildan ortiq vaqt mobaynida Yevropaning ajralmas qismi bo‘lib kelgani tufayli, unga «Xitoy bilan doimiy aloqalar uchun turtki bermaslik» kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...