Foto: Win McNamee/Getty Images
Joriy yilning birinchi yarim yilligida dunyoning eng badavlat 500 biznesmeni 1,4 trln dollar yo‘qotdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Ma’lum qilinishicha, Facebook asoschisi Mark Sukerberg 65,5 mlrd dollar yo‘qotgan, bu uning boyligining yarmiga teng. Tesla va Space X asoschisi Ilon Maskning boyligi 62 mlrd, Amazon rahbari Jeff Bezosning boyligi 63 mlrd dollarga kamaygan.
Louis Vuitton Moët Hennessy bosh direktori Bernar Arno 49 mlrd, Google hammuassislari Larri Peyj va Sergey Brin mos ravishda 29 va 28 mlrd, Microsoft asoschisi Bill Geyts 23,4 mlrd, Inditex asoschisi Amansio Ortega 20,5 mlrd dollar yo‘qotgan.
Agentlikning qayd etishicha, avvalgi ikki yil davomida eng badavlat biznesmenlarning boyligi faqat ko‘paygan.
Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, Mask hamon eng ko‘p boylikka ega bo‘lib turibdi — 208,5 mlrd dollar, Bezos 129,6 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinda. Arno uchinchi (128,7 mlrd dollar), Geyts to‘rtinchi o‘rinda (114,8 mlrd dollar) joylashgan.
May oxirlarida Bloomberg Maskning boyligini 224 mlrd, Bezosning boyligini 139 mlrd va Geytsning boyligini 123 mlrd dollar deb baholagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin