
Orient Logistics o‘zbek kompaniyasi Ozarbayjondagi bandargohlardan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda Trend nashri xabar bergan.
Orient Logistics bosh direktori Svetlana Kondakovaning fikricha, bu ikki davlat logistika — ham temir yo‘l, ham avtomobil yo‘llari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
«Biz hozir bu masalani o‘rganishni boshlaymiz. Mijozlarimizga Ozarbayjon portlaridan foydalanish imkonini berish niyatidamiz. Balki biror kim Yevropaga chiqish uchun aynan shu yo‘l foydali ekanini bilib qolar», degan Kondakova.
Ma’lumot uchun, Orient Logistics 2014 yilda tuzilgan bo‘lib, logistika bilan shug‘ullanadi. U O‘zbekistondagi yirik Orient Group Management xolding kompaniyasining bir qismidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar