Foto: «TASS»
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Lugansk Xalq Respublikasi «ozod qilingani» haqida hisobot berdi. Bu haqda vazirlikka tayanib, «RIA Novosti» xabar qildi.
Xususan, mudofaa vaziri Lisichansk shahri va unga yaqin joylashgan Belogorovka, Novodrujesk, Maloryazansevo va Belaya Gora aholi punktlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgani haqida ma’lum qildi, deya xabar beradi harbiy idora.
«So‘nggi 24 soat ichida ozod qilingan hududlarning umumiy maydoni 182 kvadrat kilometrni tashkil etdi», — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xabarida.
Iyun boshida Shoygu Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Severodonetsk turar joy mavzelari «to‘la ozod etilgani» haqida bayonot bergandi.
Mart oyi oxirida Mudofaa vazirligi «maxsus operatsiya»ning asosiy vazifasi «Donbassni to‘liq ozod qilish» ekanini ma’lum qilgandi. Putin 24 fevral kuni Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya» qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilishini e’lon qilgan. Kiyev bunga javoban Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzib, harbiy holat e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin