22:02 / 06.07.2022
1 671

Britaniya mudofaa vazirligi: Rossiyaning keyingi nishoni Slovyansk bo‘lishi mumkin

Britaniya mudofaa vazirligi: Rossiyaning keyingi nishoni Slovyansk bo‘lishi mumkin
Foto: Scott Olson / Getty Images
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainadagi urush borishi haqidagi har kungi hisobotida Luhansk oblasti nazoratga olingach, rossiyalik harbiylarning keyingi maqsadi Slovyanskni egallash bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Britaniya harbiy razvedkasiga ko‘ra, so‘nggi haftada Rossiya qo‘shini Izyumdan Slovyanskka olib boruvchi E40 trassasi bo‘ylab besh kilometrga ilgarilagan, bu yo‘nalishda ukrain harbiylari tomonidan «o‘ta qat’iy qarshilik» ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, endi «G‘arb» va «Sharq» guruhlariga mansub rossiyalik harbiylar Slovyanskdan taxminan 16 kilometr masofada turibdi, bu shaharga o‘tgan haftada Ukrainaning Luhansk oblastidagi so‘nggi yirik shahri bo‘lgan Lisichanskni egallagan «Markaz» va «Janub» guruhlari ham tahdid solmoqda.

«Slovyansk uchun jang Donbass uchun katta jangdagi navbatdagi asosiy qarama-qarshilikka aylanishining real ehtimoli mavjud», deya qayd etadi Britaniya mudofaa vazirligi. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya mudofaa vazirligi: Rossiyaning keyingi nishoni Slovyansk bo‘lishi mumkin