Foto: «RIA Novosti»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainadagi «maxsus operatsiya» davomida Chechenistondan qochib kelgan terrorchilarni yo‘q qilishni o‘zining ustuvor vazifasi deb atadi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchi kuchlar LXRning butun hududini ozod qilganiga qaramay, chechenlar uchun maxsus operatsiya hali ham «nihoyasiga yetmagan».
«Biz uchun asosiy masala Checheniston Respublikasida tartibsizliklar ko‘targan shaytonlar bilan hisob-kitob qilishdir. Biz ularni uzoq vaqtdan beri qidiryapmiz. Ular rasman terrorchilar deb tan olingan. Checheniston Respublikasida odamlar o‘g‘irlab ketilgan, tinch aholi o‘ldirilgan va mayib qilingan», — deb yozdi u Telegram’da.
Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, maxsus operatsiya boshidanoq u aynan ushbu terrorchilarning qayerdaligini aniqlashga alohida urg‘u bergan. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin jangarilarni yo‘q qilishga buyruq berishiga va bu vazifani bajarish uchun chechen bo‘linmasini yuborishiga umid bildirdi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 3 iyul kuni Vladimir Putinga Rossiya kuchlari Lisichanskni nazoratga olgani haqida hisobot berdi, bu Lugansk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida qolgan oxirgi yirik shahar edi.
Putin Lugansk yo‘nalishidagi jangovar harakatlar ishtirokchilari dam olishini va «jangovar qobiliyatlarini oshirishni» buyurdi.
7 iyul kuni Qodirov Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashgan «Axmat» maxsus bo‘linmasi askarlari LXR nazoratini o‘z qo‘liga olganidan so‘ng uylariga qaytganini ma’lum qildi.
Checheniston rahbari xizmat ko‘rsatgan harbiylarni mukofotladi. Ulardan uch nafari ikkinchi darajali «Vatanga xizmatlari uchun» ordeni, bir jangchi «Jasorat uchun» medali bilan taqdirlandi. Yana yetti kishi Checheniston Respublikasining oliy mukofoti – Axmat Qodirov nomidagi ordeni bilan taqdirlandi.
Ramzan Qodirov1, Ukraina1, Maxsus operatsiya1, Ustuvor vazifa1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi