Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyanning aytishicha, AQSH tarixdagi «eng urushqoq mamlakat» va dunyo uchun katta xavf tug‘dirmoqda.
«Faktlar Qo‘shma Shtatlar dunyo tinchligi va taraqqiyotiga eng katta tahdid ekanligini to‘liq isbotlaydi», deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili.
U AQSH razvedkasini «o‘z mentalitetini to‘g‘rilashga, Xitoyning rivojlanishiga xolis va oqilona munosabatda bo‘lishga, mish-mishlarni tarqatishni to‘xtatishga» chaqirgan.
AQSH siyosatchilari doimiy ravishda «Xitoy tahdidi»ni bo‘rttirib ko‘rsatishadi, deydi Litszyan. «AQSH yaqinda Mustaqillikning 246 yilligini nishonladi, agar 240 yil orqaga nazar tashlasangiz, Qo‘shma Shtatlar bor-yo‘g‘i 16 yil davomida urushda bo‘lmagan».
Xitoylik amaldorning nutqi FQB direktori Kristofer Rey va Britaniya kontrrazvedkasi rahbari Ken Makkallumning Xitoy hukumatini xorijiy kompaniyalardan texnologiyalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlikda ayblaganiga ham tegishli.
Ular Xitoyni «davlat tomonidan homiylik qilingan axborotdan keng foydalanish, xakerlik hujumlari, shuningdek, muhim bo‘lgan texnologiyalarga kirish uchun razvedka tarmog‘ini rivojlantirish»da ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi