10:02 / 08.07.2022
2 606

Yana bir Yevropa davlati Rossiya gazidan butunlay voz kechdi

Yana bir Yevropa davlati Rossiya gazidan butunlay voz kechdi
Foto: Reuters
Gollandiya hukumati mamlakat Rossiyadan gazga qaramlikni tugatishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Energetika vaziri Rob Jetten mamlakat gaz bo‘yicha Rossiyaga qaramlikni tugatganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqadagi har qanday darajadagi gaz inqirozi Gollandiyaga hanuzgacha tahdid solmoqda.

Niderlandiya 2022 yilning birinchi yarmida katta energiya tejashga erishgan va gaz iste’molini deyarli 33 foizga qisqartirgan.

Bu hajm Rossiyadan keladigan yoqilg‘idan butunlay voz kechish uchun yetarli bo‘ldi. So‘nggi yillarda gaz importining 15-20 foizi «Gazprom»ga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, Gollandiyada dunyodagi eng yirik konlardan biri — Groningen joylashgan bo‘lib, u mamlakatning ichki talabini qondirishga yordam beradi.

Konning zahiralari taxminan 450 mlrd kub metr gaz deb baholanmoqda, bu Yevropaning Rossiyadan deyarli uch yillik gaz importiga teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana bir Yevropa davlati Rossiya gazidan butunlay voz kechdi