
Foto: Bloomberg
Italiya Markaziy banki rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu chorakda Rossiyadan Italiyaga tabiiy gaz oqimining to‘xtashi mamlakat iqtisodiyotining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
- Bunda yalpi ichki mahsulot 2022—2023 yillarda o‘rtacha qisqaradi, 2024 yilda esa o‘sishga qaytadi, — dedi Italiya banki gubernatori Ignazio Visko.
Uning ta’kidlashicha, energiya va xom ashyo narxining oshishi, savdoning zaiflashishi va noaniqlik kuchayib borayotgani sababli ushbu prognoz allaqachon yomonlashmoqda.
Tahlilchilar va iqtisodchilar energiya bilan bog‘liq xavflar butun Yevropa Ittifoqini retsessiyaga olib kelishi mumkinligidan tobora xavotirlanmoqda.
Retsessiya — iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘’tadil pasayishi yoki iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi. Vaqt o‘tishi bilan u keskinlashib, inqirozga aylanadi.
Visco moliyalashtirish shartlarining keskinlashuvi moliyaviy barqarorlikka, iqtisodiy faollikka va oxir-oqibat o‘rta muddatli istiqbolda narxlarning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar