
Qo‘qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi. Shu kunga qadar jamoamizni bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Baxtiyor Ashurmatov iste’foga chiqdi. "Qo‘qon-1912" jamoasi hamda Baxtiyor Ashurmatov o‘rtasidagi bitim har ikki tomonning roziligiga ko‘ra bekor qilindi.
Baxtiyor Ashurmatov 2019 yilning so‘nggida jamoani bosh murabbiy sifatida qabul qildi. 2020 yilgi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z tarixidagi eng yuqori natijani takrorladi. Ashurmatov boshchiligidagi jamoamiz superligada 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021 yilgi mavsum ham yomon natija qayd etilmadi.
"Qo‘qon-1912" futbol klubi nomidan Baxtiyor A’zamovichga jamoamizda olib borgan faoliyatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Baxtiyor Ashurmatovga kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar