Foto: Picture Alliance
Ukraina 1 million kishilik qo‘shinni to‘plamoqda, uning vazifalari G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollar yordamida mamlakat janubidagi Ukraina hududlarini Rossiyadan qaytarib olishni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 10 iyul, yakshanba kuni chop etilgan The Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Volodimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarga Qora dengiz sohilidagi Ukraina iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan bosib olingan hududlarni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
«Biz siyosiy nuqtayi nazardan bu (janubning qaytishi) mamlakatimiz uchun nihoyatda zarur ekanligini tushunamiz», — dedi Oleksiy Reznikov. Uning aniqlik kiritishicha, Zelenskiy tegishli rejalarni ishlab chiqish buyrug‘ini bergan, shundan so‘ng Mudofaa vazirligi rahbari qurol olish uchun bir qator davlatlardagi hamkorlar bilan bog‘langan.
Oleksiy Reznikovning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Kiyevga sovet texnikasini yetkazib berishdan NATOning yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va yuqori texnologiyali dronlar orqali boshqariluvchi, kalibri 155 mm bo‘lgan o‘q-dorilar bilan ishlovchi standart artilleriyasiga o‘tishga yordam berdi.
«Ukrainada o‘ttiz yillik qurollarga ega sovet davridan qolgan qurolli kuchlar bor edi. Biz buni uch oy ichida o‘zgartirdik», - dedi mudofaa mahkamasi boshlig‘i.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga NATOdan hamkorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamdan mamnun, ammo qurol yetkazib berish tezligi hamon ancha sust. «Askarlarimiz hayotini saqlab qolish uchun qisqa vaqt ichida bizga ko‘proq qurol kerak», — dedi Reznikov.
Avvalroq, 20 iyun kuni Ukraina mudofaa vaziri Rossiya bilan munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha muloqot sharti sifatida Rossiya Federatsiyasining «hech bo‘lmaganda Yevropa qismini demilitarizatsiya qilish»ni ko‘rsatgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi