06:30 / 17.07.2022
1 960

Ukraina Qrimdagi nishonlarga HIMARS raketalari bilan zarba berilishi mumkinligini bildirdi

Ukraina Qrimdagi nishonlarga HIMARS raketalari bilan zarba berilishi mumkinligini bildirdi
Foto: delo.ua
Ukraina Amerikaning HIMARS yalpi o‘t ochish raketa tizimlaridan Rossiyaning Qrimdagi ob’ektlariga zarba berishda foydalanishi mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yarimorol «Rossiya texnikasi, o‘q-dori va qurol-yarog‘lari Ukrainaga olib o‘tiladigan habga aylanib qoldi», Qora dengiz floti akvatoriyasidan esa Ukraina hududiga raketa zarbalari berilmoqda.

«Bular, birinchi navbatda, «Kalibr» tizimlari, fregatlar, kichik raketa kemalari, suvosti kemalari bo‘lib, buyruqni kutmoqda, keyin esa kunning istalgan vaqtida zarba bermoqda», — dedi u.

Mudofaa vazirligi vakili ularni «mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun» Kiyevning asosiy nishonlari deb atadi.

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov G‘arb tomonidan berilgan yuqori aniqlikdagi qurollardan Rossiya hududidagi ob’ektlarga zarba berishda foydalanilmasligini aytgandi.

Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, u Pentagon rahbariga yo‘llagan maktubida Amerika qurolidan dushmanni «tutib turish» va Ukraina hududini «deokkupatsiya qilish» uchun foydalanishga va’da bergan.

AQSH iyun boshlarida Ukrainaga HIMARS yalpi o‘t ochish tizimlari taqdim etilishini bildirgandi. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti ofisi bu quroldan Rossiyadagi ob’ektlarga zarba berishda foydalanish rejalashtirilmaganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qrimdagi nishonlarga HIMARS raketalari bilan zarba berilishi mumkinligini bildirdi