07:00 / 17.07.2022
1 752

Musulmon yigit 7 yildan beri o‘z ixtiyori bilan ko‘chalarni tozalamoqda

Musulmon yigit 7 yildan beri o‘z ixtiyori bilan ko‘chalarni tozalamoqda
Buyuk Britaniyaning Oldxem shahrida yashovchi musulmon yigit 2015 yildan beri o‘z ixtiyori bilan ko‘chalardan axlat yig‘ishtirib, o‘z mahallasini tozalab keladi.

Oldxemning Coldhurst tumanida yashovchi 38 yoshli Salohiddin Talukdar 2009 yilda Bangladeshdan Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan.

"Men o‘z xohishim bilan axlat yig‘ishni boshlaganimda, Oldxemning boshqa mahallalaridan Faylsvort kabi do‘stlar menga qo‘shilishdi, – dedi u. – Hozirda ko‘plab yoshlar tashabbusda ishtirok etmoqda, chunki ko‘plab ko‘ngillilar o‘z farzandlarini axlat yig‘ish joyiga olib kelishadi. Imkon qadar uch farzandimni ham jalb qilaman”.

Tozalikni targ‘ib qiluvchi Salohiddin bu tashabbus Britaniya jamoatchiligi bilan aloqani o‘rnatishda muhim deb hisoblaydi.

Biz Buyuk Britaniyada tug‘ilgan bangladeshliklar va Bangladeshda tug‘ilgan britaniyaliklar o‘rtasida ko‘prik qurmoqchimiz. Men Britaniyani tartibli saqlash tashkilotining elchisiman”, dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmon yigit 7 yildan beri o‘z ixtiyori bilan ko‘chalarni tozalamoqda