
Oxirgi olti kun ichida Ispaniyaning katta qismida qayd etilgan jazirama sabab 350 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda PTVE telekanali.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limning eng yuqori cho‘qqisi juma kuniga to‘g‘ri kelgan – 123 kishi.
Shu bilan birga, Ispaniya meteorologiya xizmati mamlakatning ayrim hududlarida havo 45 ℃gacha isishi mumkinligini aytdi.
Bungacha Ispaniyada jazirama issiq tufayli deyarli 240 kishi halok bo‘lgan edi. 10 iyuldan 14 iyulgacha bo‘lgan davrda havo haroratining juda yuqori bo‘lishi oqibatida 237 kishi halok bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar