Foto: Picture Alliance
Amerika Urushni o‘rganish instituti tahlilchilarining xulosasiga ko‘ra, Vladimir Putin bosqin boshlanishidagi muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin ham mintaqani egallash niyatida.
Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinlariga Xarkivni va ishg‘ol qilinmagan Xarkiv oblasti qolgan qismini egallashga buyruq bergan bo‘lishi mumkin, ammo muvaffaqiyatga erishish imkoniyati juda past. Bu haqda tahlilchilar 16 iyul kungi kundalik xulosalarida yozishgan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ularning bunday buyruq haqidagi taxminlari vaziyatni baholash emas, balki gipotezadir, chunki «dalil va indikatorlar cheklangan va bilvositadir».
Kreml haqiqatan ham mintaqani to‘liq bosib olishga buyruq berganining bilvosita belgilaridan biri sifatida ISW rus qo‘shinlarining Xarkiv oblasti shimolidagi Dementiyevka qishlog‘ini bosib olishga urinishlarini keltirgan, u «Rossiya hududini Ukraina hujumidan himoya qilish uchun cheklangan ahamiyatga ega».
Bundan tashqari, tahlilchilar Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rus askari va uning onasi o‘rtasidagi suhbat yozib olingan audioyozuvga ishora qilmoqda. Yozuvda askar «Xarkivga bormoqchi bo‘lgan» qo‘mondoni yo‘qotishlarga parvo qilmayotganidan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, askar qo‘mondon bunday so‘zlarni «kerakli vaqtda» aytganini bildirgan, bu Rossiya bosqinining qaysi vaqtida sodir bo‘lgani aniqlanmagan. 13 may kuni ISW Ukraina qurolli kuchlari «Xarkiv uchun jangda g‘alaba qozongani»ni ma’lum qilgandi.
ISW tahlilchilarining ta’kidlashicha, Xarkiv oblasti hukumatining rossiyaparast rahbari Vitaliy Ganchev va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» («LXR») rahbari Leonid Pasechnik 16 iyul kuni mudofaa sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan. Bu «Rossiyaning Xarkiv oblastidagi rasmiylari uzoq muddatli bosib olish uchun sharoit yaratayotganidan dalolat beradi», deb yozadi ISW.
Ganchev 6 iyul kuni bosib olingan Xarkiv oblasti Kupyanskiy, Izyumskiy, Volchanskiy va Xarkivskiy tumanlaridan, ya’ni Rossiya kuchlari nazorat qilmaydigan hududlardan iborat bo‘lishini aytdi, deb eslatgan ISW. Tahlilchilar fikricha, yaqin kunlarda Rossiya qo‘shinlari Xarkiv shimolida quruqlikdan hujumga urinishlarini kuchaytirishi mumkin, ammo muhim hududiy yutuqlarga erishishi dargumon.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 iyun kuni Rossiya mamlakatning ikkinchi yirik shahriga hujumni qayta boshlashga tayyorlanayotganini aytgandi. «Hozir Rossiya armiyasi Xarkivga yana hujum qilish uchun kuch to‘plamoqchi. Biz uni, bu hududni deokkupatsiya qildik. Ular buni yana xohlayapti, biz buni ko‘rib turibmiz. U yerda aholi soni bir yarim million kishidan ortiq», - dedi prezident Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi